Abu Dhabi Grand Slam 2025. Bugun birgina dzyudochimizga muxlislik qilamiz!
29 NOYABR, 2025, 11:48
Birozdan so'ng BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida o'tkazilayotgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi nufuzli turnirning ikkinchi kungi bahslari start oladi.Abu Dhabi Grand Slam 2025 turnirining ikkinchi kuni erkaklar -73, -81, ayollar -63, -70 kg vazn toifalarida g'oliblik yo'lida tatamiga chiqishyapti. Bugun terma jamoamizning birgina vakili Suhrob Tursunov bahslarga kirishadi. Uning ilk davradagi raqibi rossiyalik Abdul-Kerim Tasuev bo'ladi.
-81 kg: Suhrob Tursunov — Abdul-Kerim Tasuev (Rossiya)

Manba: olamsport.com
