logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:43
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Luis Diasning "Liverpul"dan ketishiga kim sababchi bo'lgani ma'lum bo'ldi

 29 NOYABR, 2025, 11:24

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot o'tgan yozda Luis Diasning sotilishiga qarshi chiqqandi. Iyul oyida ingliz grandi kolumbiyalikni "Bavariya"ga qo'yib yuborgandi - transfer qiymati 70 mln evroni tashkil qilgandi. Caught Offside xabariga ko'ra, mersisaydliklarning niderlandiyalik murabbiyi kelishuvni qat'iyan ma'qullamagan, biroq sport direktori Richard Xyuz murabbiyning fikrini inobatga olmagan.

Luis Dias Germaniyada yorqin o'yin ko'rsatmoqda: uning hisobida Vensan Kompani jamoasi safida 18 ta o'yinda 11 ta gol va beshta assist bor. "Liverpul"ning qimmat xaridlari esa, aksincha, hozircha ishonchni oqlamayapti. Slot jamoasi mavsumni muvaffaqiyatsiz o'tkazmoqda, shu sababli matbuotda allaqachon mutaxassisning iste'fosi haqida faol gap-so'zlar yuribdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ