Yoshlar o'rtasidagi Yakuniy ATP turnirining mukofot pullari taqsimoti malum
29 NOYABR, 2025, 09:48
Ushbu nufuzli musobaqa 17-21 dekabr kunlari Saudiya Arabistonining Jidda shahrida bo'lib o'tadi.ATP tashkiloti tomonidan Yoshlar o'rtasidagi Yakuniy turnirning mukofot pullari miqdori va taqsimoti elon qilindi. Umumiy mukofot jamg'armasi ikki million dollardan oshadi.
Taqsimot quyidagicha:
• ishtirok uchun - 154 000 dollar;
• guruh bosqichidagi har bir g'alaba - 37 500;
• yarim finaldagi g'alaba - 116 000;
• finaldagi g'alaba - 157 250.
SHu tariqa, chempion turnirni mag'lubiyatsiz o'tkazish orqali 539 750 dollar ishlab oladi. Zaxiradagi tennischilar 15 ming dollardan olishadi.

Manba: olamsport.com
