logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:16
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Bernardu Silva Sherkining o'ziga xosligi haqida so'zlab berdi

 29 NOYABR, 2025, 08:00

"Manchester Siti" yarimhimoyachisi Bernardu Silva jamoadoshi Rayan Sherkining mahoratiga qoyil qoladi. Frantsuz "shaharliklar" safiga joriy yilning yoz oyi boshida "Lion"dan ko'chib o'tgan edi.

"Sherki 99% futbolchilar qila olmaydigan uzatmalarni amalga oshirishga qodir. U doim turli variantlarni sinab ko'radi - bu juda muhim, ayniqsa, zich o'ynaydigan jamoalarga qarshi. Rayan yaxshi yigit, yaxshi moslashadi, men undan xursandman. Uning o'ziga xosligi yaqqol namoyon bo'lgan va o'ziga ishonch hosil qilishi uchun birovning yordamiga muhtoj emas", - deydi Bernardu Silva.

Joriy mavsumda 22 yoshli Sherki Xosep Gvardiola jamoasi safida 11 ta bahsda 3 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ