logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:08
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Slot "Liverpul"ga taktikani o'zgartirish nima uchun yordam bermasligini tushuntirdi

 29 NOYABR, 2025, 07:48

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot nima uchun jamoaning o'yin tizimini o'zgartirmoqchi emasligini aytdi.

So'nggi oylarda "qizillar" muvaffaqiyatsiz natijalar ko'rsatmoqda, Chempionlar Ligasida PSVdan (1:4) uchralgan mag'lubiyatdan so'ng esa, matbuot niderlandiyalik boshqaruvchi iste'foga chiqishi haqida jiddiy gapira boshladi.

"Men keskin o'zgarishlar qila olamanmi? Masalan, agar men besh himoyachi bilan tizimga o'tadigan bo'lsam, hammasi yanada yomonlashishi mumkin va menda beshta himoyachi ham yo'q.

Bizning hozirgi tizimimiz futbolchilarga eng mos keladi - ularning ko'pchiligi butun faoliyati davomida shunday o'ynagan. Bundan tashqari, mashg'ulotlarga deyarli vaqtimiz yo'q. O'yinlar har ikki kunda o'tkazilayotganda biror narsani tubdan o'zgartirish qiyin", - deya Slotning so'zlarini keltiradi Anfield Sector.

Yakshanba kuni "Liverpul" "Vest Xem"ga qarshi bahs olib boradi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ