Menni Pakyao bobo bo'ldi
29 NOYABR, 2025, 07:48
Filippinlik 46 yoshli bokschi Menni Pakyaoning birinchi nabirasi dunyoga keldi."Menni va Jinki birinchi nabirasi bilan. Xudo mehribon!", - deb yozdi Pakyao ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, boks afsonasi shu yil yozda professional faoliyatini qayta tiklagandi. U yarim o'rta vazn toifasida WBC chempioni Mario Barriosga qarshi ringga chiqib, 12 raundlik jang yakunida durang natija qayd etgandi. Ko'pchilikning fikri bo'yicha o'sha jangda Pekmen g'alaba qozongandi.

Manba: olamsport.com
