logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kolumbiyalik futbolchi "Manchester Yunayted" bilan shartnoma imzolash uchun Angliyaga uchib ketdi

 29 NOYABR, 2025, 07:24

17 yoshli yarimhimoyachi Kristian Orosko faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettiradi.

"Qizil iblislar" Kolumbiyaning "Fortalez" klubidan o'sib kelayotgan yulduz transferini yopdi. Insayder Fabritsio Romanoning ma'lumotiga ko'ra, futbolchi allaqachon Angliyaga yo'l olgan va u erda Manchester grandi bilan shartnoma imzolaydi. Transfer qiymati 1 mln dollarga baholanmoqda.

"Manchester Yunayted" istiqbolli xavbekni o'z safiga qo'shib olmoqchi ekani haqida bir necha oy oldin ma'lum bo'lgandi. Kolumbiyalik futbolchi mamlakat o'smirlar terma jamoasi safida 13 ta o'yin o'tkazgan.

Yakshanba kuni Ruben Amorim jamoasi Premer-liga doirasida "Kristal Pelas"ga qarshi bahs olib boradi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ