logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Florentino Peres Xabi Alonsoga maslahat berdi: "Vinisiusning g'azabini qo'zg'ama"

 28 NOYABR, 2025, 23:42

"Real" prezidenti Florentino Peres jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonso bilan suhbatlashdi. Jurnalist Manu Karreno Cadena SER efirida Peres Alonsoga ko'rsatma bergani haqida gapirdi. Klub rahbari murabbiyni yulduz hujumchi Vinisius Juniorning g'azabini qo'zg'atmasdan ishlashga chaqirdi.

"Agar sening "Real"ingda Vinisius bo'lsa, uning jahli chiqishiga yo'l qo'yib bo'lmaydi. Prezident Peres buni Alonsoga tushuntirdi. Futbolchilar - klubning aktivlari, murabbiy esa - yo'q," - dedi Karreno efirda.

Xabaringiz bor, bir oy muqaddam Vinisius "Barselona"ga qarshi o'yinda zaxiraga olinganiga g'azab bilan munosabat bildirgan edi.

Avvalroq matbuotda Vinisius Alonso bilan ish munosabatlaridagi muammolar tufayli shartnomani uzaytirishni istamayotgani haqida yozishgandi. Braziliyalik hujumchining fikricha, murabbiy uni qadrlamaydi. Vinisiusning mehnat shartnomasi 2026/2027 yilgi mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ