"PSJ"ning muhim futbolchisi jarohat oldi
28 NOYABR, 2025, 23:06
"PSJ" o'zining rasmiy saytida ayrim futbolchilarning holati haqida ma'lumot berdi. Xabarda aytilishicha, jamoaning asosiy chap qanot himoyachisi Nunu Mendesh Chempionlar ligasi doirasida "Tottenxem"ga qarshi o'yinda o'ng sonidan kichik jarohat oldi. Yaqin kunlarda portugaliyalik davolanadi.
Himoyachi Ashraf Hakimiy va hujumchi Dezire Duega kelsak, ular individual tiklanish dasturlari bo'yicha ishlashda davom etmoqda.
"PSJ" keyingi o'yinini 29 noyabr, shanba kuni Frantsiya chempionatida "Monako" mehmoni bo'ladi. Parijliklar "Marsel" va "Lans"ni ikki ochkoga ortda qoldirib, Liga 1 turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
