Mareska "Arsenal"ning chempionlik uchun kurashdagi imkoniyati haqida fikr bildirdi
28 NOYABR, 2025, 22:42
"Chelsi" Premer-liga turnir jadvalida "Arsenal"dan 6 ochko ortda qolib, 2-o'rinda bormoqda. Yakshanba kuni jamoalar o'zaro o'ynaydi va "aristokratlar" oradagi farqni qisqartirish imkoniyatiga ega bo'ladi. Entso Mareska chempionlik uchun kurashish imkoniyati haqidagi savolga javob berdi.
- Har qanday holatda ham hali juda erta - "Arsenal"ni yutamizmi yoki yo'q. Hozir noyabrning oxiri, oldinda besh-olti oy bor. Fevral-mart oylarida biz biror muhim narsaga erisha olamizmi yoki yo'qmi, ko'ramiz.
- Bir yil oldin "Chelsi" chempionlik uchun kurashishga tayyor emasligini aytgan edingiz. Hozirchi?
- Menimcha, vaziyat boshqacha. Biz yana bir yilni birga o'tkazdik, saboq olishimiz mumkin bo'lgan lahzalarni engib o'tdik. Lekin hozir juda erta. Mart-aprel oylarida qanday holatda bo'lishimiz muhim," - dedi Mareska jurnalistlarga.
