Mareska: "Ular fantastik tarzda himoyalanadi"
28 NOYABR, 2025, 22:30
"Chelsi" va "Arsenal" London derbisiga tayyorgarlik ko'rmoqda. Hozirda aynan shu ikki jamoa Premer-liga turnir jadvalida ikki yuqori o'rinda bormoqda: "aristokratlar" hisobida 23 ochko, "kanonirlar"da esa 29 ochko mavjud. "Chelsi" ustozi Entso Mareska juma kungi matbuot anjumanida raqibni maqtadi.
"Albatta, ular fantastik tarzda himoyalanmoqda. Ko'plab jamoalar gol urish u yoqda tursin, ularning darvozasi yaqinida vaziyat yaratishga ham qiynaladi. Ular himoyada juda yaxshi, hujumda esa shafqatsiz. Ular Premer-ligada ham, Chempionlar Ligasida ham peshqadamlik qilmoqda. Ularni mag'lub etish uchun maydonda qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz," - dedi Mareska jurnalistlarga.
