logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev professional ringdagi debyutida raqibini nokautga uchratdi

 28 NOYABR, 2025, 22:24

Havaskor boksda Olimpiya chempioni bo'lgan Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev Rossiyaning Chelyabinsk shahrida o'tkazilgan boks oqshomida professional boksdagi ilk jangini o'tkazdi.

Unga qozog'istonlik Aydos Tastaev (8-7-0) raqiblik qildi. Jang ikkinchi raunddayoq yakunlandi. Mo'ydinxo'jaev ketma-ket kuchli zarbalar bilan raqibini texnik nokautga uchratdi.

Shu kecha doirasida havaskor boks bo'yicha Jahon chempioni Javohir Ummataliev ham ringga ko'tarildi. U 6 raundlik debyut jangida ozarbayjonlik Rahim Alievni (3-0-0) hakamlar qarori bilan mag'lub etdi.

Ma'lumot uchun, Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev — havaskor boks bo'yicha Olimpiya chempioni. U -65 kg vazn toifasida jang qiladi. Mo'ydinxo'jaev 2024 yil Parij Olimpiadasida oltin medalni qo'lga kiritgan. Shuningdek, u joriy yil Liverpulda o'tgan kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatida ham oltin medalga ega chiqqan.

Javohir Ummataliev ham sentyabr oyida Liverpulda bo'lib o'tgan Jahon chempionatida 1-o'rinni qo'lga kiritgan. U musobaqa finalida frantsiyalik Yojerlen Sesar bilan bahs olib bordi va yakunda hakamlarning yakdil qarori bilan 5:0 hisobida g'alaba qozongan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ