Gvardiola Rodrining ahvoli haqida gapirdi
28 NOYABR, 2025, 19:24
Xosep Gvardiola Premer-liganing "Lids"ga qarshi uy uchrashuvi oldidan jurnalistlar bilan suhbatlashdi.
"Manchester Siti" ustozidan son yuzasida muammosi bor yarim himoyachi Rodrining ahvoli haqida so'rashdi.
"Rodri hali tayyor emas", - dedi Gvardiola jurnalistlarga.
Shu bilan birga, Gvardiola Rodrining safga qaytishiga ko'p vaqt qolmaganini ta'kidladi.
2025/2026 yilgi mavsumda Rodri "Manchester Siti"ning sakkizta o'yinida atigi 415 daqiqa o'ynadi. O'tgan yili ispaniyalik yarim himoyachi "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan edi.
