logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:49
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Mareska: "Palmerning qaytganidan xursandman"

 28 NOYABR, 2025, 19:18

"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska hujumkor yarim himoyachi Koul Palmerning safga qaytishi haqida fikr bildirdi. U ikki oydan ortiq o'ynamadi.

"Palmer birinchi daqiqalardanoq maydonga tushib, o'ynashga tayyor. U bizning eng yaxshi o'yinchimiz va biz uning qaytganidan xursandmiz. U yuz foiz formaga kirishi uchun unga vaqt berish kerak. O'tmishda u fantastik darajani ko'rsatgan. U "Chelsi" safida yaxshi o'yin ko'rsatishiga shubha yo'q.

Uning qaytganidan hammamiz xursandmiz. Eng muhimi, Koul baxtli - u har kuni mashq qilishni va o'ynashni xohlaydi", - dedi Mareska matbuot anjumanida.

Yakshanba kuni "Chelsi" Premer-liga doirasidagi "Arsenal"ga qarshi uy uchrashuvini o'tkazadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ