"Manchester Yunayted" Robinoning o'g'lini nishonga oldi
28 NOYABR, 2025, 19:06
Braziliyaning "Santos" klubi hozircha mankunianliklardan rasmiy taklif olgani yo'q, ammo jamoa Robinoga Evropa klublari qiziqish bildirayotganidan xabardor. Bu haqda Diario Do Peixe nashri yozmoqda.
Manbalarning ma'lum qilishicha, kichik Robinoga Amorim jamoasidan tashqari "Inter," "Galatasaroy" va "Espanol" klublari ham qiziqish bildirmoqda. 2025 yilda futbolchi "Santos" yoshlar jamoasi tarkibida San-Paulu chempionatida g'olib chiqdi.
Yosh futbolchining otasi "Real" va "Manchester Siti" klublarida o'ynagan. Ikki marta Ispaniya chempionligini qo'lga kiritgan, bir marta "Milan" bilan A Seriyada g'olib chiqqan.
