Brunu Fernandesh vaziyatini Evropa va Saudiya klublari kuzatmoqda
28 NOYABR, 2025, 17:48
"Manchester Yunayted" sardori va etakchi yarim himoyachisi Brunu Fernandesh kelasi yil yozida jamoani tark etishi mumkin.
31 yoshli portugaliyalik futbolchining "qizil iblislar" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan. Saudiya va Evropa klublari agar kelishuv uzaytirilmasa, futbolchini kelasi yozda sotib olishga tayyor.
Fernandesh joriy mavsumda jami 13 ta o'yinda 5 ta golda qatnashdi - 2 ta gol, 3 ta assist.
