Kurtua bo'yicha "Real" muxlislariga xushxabar bor
28 NOYABR, 2025, 16:30
Madridning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtua dastroentritdan to'liq tuzaldi va jamoaviy mashg'ulotlarga qaytdi.
33 yoshli belgiyalik golkiper oshqozonidagi muammolar sabab "Olimpiakos"ga qarshi o'yinni (4:3) o'tkazib yuborgandi.
Endi Kurtua 30 noyabrga belgilangan "Jirona"ga qarshi o'yinda maydonga tushishga tayyor.
