"Andijon" "Bunyodkor" legioneri bilan kelishuvga erishdi
28 NOYABR, 2025, 12:06
Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi hujumchisi Imeda Ashortia yangi mavsumni Vodiy klubida o'tkazadi.
29 yoshli gruziyalik forvard "qaldirg'ochlar" bilan dekabr oyi oxirigacha mo'ljallangan shartnomani uzaytirmaydi.
TopPodcast telegram-kanalining xabariga ko'ra, Ashortia "Andijon" bilan kelishuvga erishgan.
Imeda joriy mavsumda jami 32 ta o'yinda 9 ta gol urib, 2 ta golli uzatma bergan.
