Unai Emeri "Aston Villa" g'alabasiga munosabat bildirdi
28 NOYABR, 2025, 11:48
UEFA Evropa ligasi umumiy bosqich 5-turidan o'rin olgan bahsda Birmingemning "Aston Villa" klubi Shveytsariyaning "Yang Boyz" jamoasi ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
Bu o'yin haqda ingliz jamoasi ustozi Unai Emeri o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Biz 12 ochko to'pladik. Biz faqatgina "Gou Exed Iglz" bilan o'yinda muvaffaqiyatsizlikka uchradik. O'sha o'yinda biz maksimal darajada diqqatni jamlay olmadik va buning uchun jazo oldik. Ushbu muvaffaqiyatsizlikdan so'ng jamoamiz har bir raqibga maksimal kayfiyatda qarshilik ko'rsatmoqda," - deya ispaniyalik mutaxassisning so'zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
12 ochko to'plagan Birmingem jamoasi Evropa Ligasi umumiy bosqich jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.
