logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:41
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

CHirchiqda zamonaviy sport inshooti foydalanishga topshirildi

 28 NOYABR, 2025, 11:48

“Nur” mahallasida bunyod etilgan CHirchiq shahar sport maktabiga qarashli zamonaviy sport zalining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Unda O'zbekiston Respublikasi Sport vaziri o'rinbosari SHaxrullo Mahmudov, CHirchiq shahar hokimi Murodjon Abdurahimov, Toshkent viloyati Sport boshqarmasi boshlig'i Rustam Boboqulov, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi, deputat Ravshan Dastirov, CHirchiq shahar sport maktabi direktori Suhrob Sultonov va boshqalar ishtirok etdi.

O'tgan asrning 35-yillarida qurilgan bino joriy yilda Open byudjet doirasida ajratilgan 1,5 mlrd so'm mablag' hisobidan to'liq qayta barpo etildi. CHirchiq shahar yoshlari xususan, sport maktabi sportchi-o'quvchilari uchun foydalanishga topshirilgan sport inshootining ayni “Prezident olimpiadasi” respublika bosqichlari o'tayotgan paytda ochilishi uning ahamiyatini yanada oshiradi.

Endi mazkur yangi sport zali yoshlar bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish va ommaviy sportni rivojlantirishga xizmat qilishi shubhasiz. SHuningdek, marosim doirasida  ishtirokchilar tomonidan “Yashil makon” loyihasi asosida daraxt ekish ishlari ham amalga oshirildi.











Ilhom RAHMONOV tayyorladi


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ