Ferminning jarohatiga nima sabab bo'lgani aytildi
28 NOYABR, 2025, 11:36
"Barselona" hujumkor yarim himoyachisi Fermin Lopes o'ng boldiridan olgan jarohati sabab 2 haftaga safdan chiqqani ma'lum bo'ldi.
Xabarlarga ko'ra, 22 yoshli futbolchining bu jarohatiga asosiy sabab o'tgan shanba kuni bo'lib o'tgan "Atletik"ka qarshi o'yinda (4:0) Oyyan Sansetning atayin Ferminning oyog'iga tepilgan zarbasi ko'rsatilgan.
Sanset keyinchalik o'sha vaziyatda qizil kartochka oldi va 2 o'yinga diskvalifikatsiya qilindi.
Fermin 13 dekabr kungi "Osasuna"ga qarshi o'yinga tayyor bo'lishi kutilmoqda.
