logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:41
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Krishtianu Ronaldu jangovar promoushen egalaridan biriga aylandi

 28 NOYABR, 2025, 11:00

Portugaliya terma jamoasi hamda "Al-Nassr" klubining 40 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronaldu endi o'zini aralash yakkakurash biznesida sinab ko'radi.

Krish WOWfc jangovar promoushenining egalaridan biriga aylandi. Bu haqda Liga matbuot xizmati xabar bermoqda.

Malumot uchun, ushbu tashkilotning yana bir egalaridan biri engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Ispaniya sharafini himoya qilayotgan gruziyalik 28 yoshli Iliya Topuriya hisoblanadi.

Bu yilgi mavsumda Krishtianu Ronaldu klub va terma jamoa safida barcha musobaqalarda 17 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Portugaliyalik 2023 yildan beri "Al-Nassr" sharafini himoya qilib kelmoqda. Hujumchiga eng katta shuhratni "Manchester Yunayted" va Madridning "Real" klublaridagi o'yinlari keltirgan. Ronaldu "Oltin to'p" mukofotining besh karra sohibi hisoblanadi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ