Gasperini: "Roma" eng yaxshi o'yinni o'tkazmadi"
28 NOYABR, 2025, 08:30
"Roma" bosh murabbiyi Jan-Pero Gasperini Evropa Ligasi umumiy bosqichi 5-turidan o'rin olgan "Midtyulland"ga (2:1) qarshi o'yinga o'z munosabatini bildirdi.
"Bu g'alaba turnir jadvalidagi o'rnimizni sezilarli darajada mustahkamladi va biz bunga loyiq edik, juda kuchli jamoani mag'lub etdik. Shu bilan birga, "Roma" eng yaxshi o'yinni o'tkazmadi. Texnik jihatdan yaxshiroq o'ynashimiz mumkin edi. Biz juda ko'p xatolarga yo'l qo'ydik va bizdan hujumda ko'proq narsani kutgandim, ammo jadvalimiz tig'iz, shuning uchun bunday bo'lishi mumkin", - deya Gasperinining so'zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
"Roma" ochkolarini 9taga etkazib, umumiy turnir jadvalida 15-o'rinda bormoqda.
