logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Bernardu Silva qaerga o'tishni ma'qul ko'rayotgani ma'lum bo'ldi

 28 NOYABR, 2025, 08:18

Yarimhimoyachi Bernardu Silva so'nggi mavsumini "Manchester Siti"da o'tkazayotgan bo'lishi mumkin.

Yulduz portugaliyalikning shartnomasi kelasi yozda tugaydi, tomonlar hamkorlikni davom ettirmaslikka qaror qilishi ehtimoli yuqori. Ma'lumki, 31 yoshli futbolchiga Saudiya Arabistoni ligasi vakillari da'vogarlik qilmoqda, shuningdek, unga "Yuventus" va "Milan" klublari ham qiziqish bildirayotgani haqida bir necha bor xabarlar tarqalgan.

Calciomercato xabariga ko'ra, Silva faoliyatini Evropaning top-chempionatida davom ettirmoqchi, shu bois Italiyaga ko'chib o'tishga bemalol ruxsat beradi.

Transfermarkt ekspertlari "shaharliklar" sardorining narxini 32 mln evroga baholamoqda. Futbolchi 2017 yildan buyon "Manchester Siti" sharafini himoya qilib kelmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ