logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:49
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Manchester Yunayted" hamon Gallaxerga qiziqmoqda

 28 NOYABR, 2025, 08:18

Madridning "Atletiko" klubi yarim himoyachisi Konor Gallaxer bir necha oydan buyon "Manchester Yunayted"ning mumkin bo'lgan transferlari qatoridan joy olmoqda. Angliyalik xavbek "matraschilar"ning boshlang'ich tarkibidan muqim o'rin olmagan va bu uni qishki transferlar oynasiga o'tish uchun potentsial nomzodga aylantiradi.

Jurnalist Fabritsio Romanoning yangilangan ma'lumotlariga ko'ra, Gallaxer hali ham "qizil iblislar"ning qiziqishlari doirasida, ammo klubning ustuvor maqsadlari qatoriga kirmaydi. "Atletiko" ijara variantini ko'rib chiqishga tayyor emas, to'laqonli transfer esa, katta ehtimol bilan, mankunianliklar rejalariga to'g'ri kelmaydi.

Transfermarkt portali 25 yoshli yarim himoyachini 40 mln evroga baholamoqda. Gallaxer madridliklar safida o'tgan yilning avgustidan buyon to'p tepib kelmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ