logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:39
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Myuller "Bavariya" haqida: "Kompaniya ajoyib ishlarni amalga oshirmoqda"

 28 NOYABR, 2025, 08:06

Tomas Myuller "Bavariya"ning joriy mavsumdagi o'yinlariga baho berdi.

11 turdan so'ng myunxenliklar 6 ochkolik farq bilan Bundesligada peshqadamlik qilmoqda. "Bavariya" Chempionlar ligasi umumiy bosqichidagi 5 o'yindan so'ng 3-o'rinni egallab turibdi.

"Jamoa juda yaxshi tarkibga ega va Kompani boshchiligidagi murabbiylar shtabi ajoyib ishlarni amalga oshirmoqda. Ularning o'yinini tomosha qilish zavqli. Barcha o'yinlarni ko'rmadim, lekin yaxshi taassurot qoldirdi. Hozircha ularda hammasi joyida va umid qilamanki, kelajakda ham shunday bo'ladi.

Sobiq jamoadoshlarim bilan aloqada bo'lib turaman, ko'plab sharhlarni ko'raman va voqealardan xabardor bo'lib turaman", - dedi "Bavariya"ning sobiq yarimhimoyachisi, hozirda "Vankuver Uaytkeps" futbolchisi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ