Guye va Kin yarashib olishdi(foto)
28 NOYABR, 2025, 08:06
"Everton" futbolchilari Idrissa Guye va Maykl Kin APLda "MYu"ga qarshi o'yinda (1:0) yuzaga kelgan mojaro ortidan yarashib olishdi.

Bugun "irislar" hujumchisi Bet-u Betunkal o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga Guye va Kin bir-biri bilan boks qo'lqoplarini kiyib jang qilayotganini tasvirlagan videoni joylashtirdi.
