Papen: "Menyanga aql bovar qilmaydi"
28 NOYABR, 2025, 07:06
Italiyaning "Milan" klubi sobiq hujumchisi Jan-Per Papen ushbu klubning frantsiyalik darvozaboni Mayk Menyan o'yinlariga munosabat bildirdi.
O'tgan dam olish kunlari Menyan o'z klubiga "Inter" ustidan qozonilgan yorqin g'alabani ta'minladi va Papen Mayk haqida maqtov so'zlarini ayamayapti.
"Mayk Menyan aql bovar qilmas. Frantsiya futboli tarixidagi eng yaxshi darvozabonlardan biri. U o'ziga juda ishonadi va har doim to'g'ri o'yin qarorlarini qabul qiladi", - deya Papenning so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Eslatib o'tamiz, Mayk Menyan hozirgi klubi safida 2021 yildan buyon to'p surib kelmoqda.
