logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Maldini qishda "Atalanta"dan ketishi mumkin

 27 NOYABR, 2025, 23:24

"Atalanta"ning hujumkor yarim himoyachisi Daniele Maldini qishdayoq klubini o'zgartirishi mumkin.

Bergamo klubi 24 yoshli italiyalikni 2025 yilning fevral oyi boshida "Montsa"dan 13 mln evroga sotib olgandi. O'shanda pleymeyker 2029 yil iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan shartnomani imzolagandi.

2024/25 yilgi mavsumning ikkinchi yarmida Maldini "Atalanta" safida 11 ta o'yinda 3 ta gol urdi, joriy mavsumda esa 8 ta bahsda samarali harakatlari bilan o'zini ko'rsatmadi.

Jurnalist Nikolo Skiraning yozishicha, Daniele 2026 yilning yanvar oyidayoq Bergamo klubini tark etishi mumkin. Ehtimoliy transfer shartlari hozircha ma'lum qilinmagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ