logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:04
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ravshan Irmatov Kanada elchisi bilan uchrashuv o'tkazdi

 27 NOYABR, 2025, 21:36

Bugun O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov Kanada davlatining O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Kristofer Daggan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Kanada tomoni O'zbekiston milliy terma jamoasini 2026-yil AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadigan Jahon chempionati ishtirokchisiga aylangani bilan tabrikladi.

Tomonlar kelgusida O'zbekiston va Kanada yoshlar terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvlarini tashkil etish, ikki davlat futbol mutaxassislari o'rtasida tajriba almashish mexanizmlarini rivojlantirish bo'yicha fikr almashdi. Shuningdek, viza masalalari ham muhokama qilindi.

Mehmonlar yaqinda foydalanishga topshirilgan Milliy futbol markazi faoliyati bilan tanishib, markazda yaratilgan sharoitlar va zamonaviy talablar asosida tashkil etilgan imkoniyatlarni yuqori baholadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ