"Chelsi" himoyachisini jamoada olib qolmoqchi
27 NOYABR, 2025, 20:54
"Chelsi" himoyachisi Mark Kukurelyani so'nggi haftalarda "Atletiko Madrid" bilan bog'lashdi.
Biroq, Madridga o'tish ehtimoli rad etildi. Jurnalist Fabritsio Romano o'zining YouTube kanalida Kukurelya o'tgan yozda "Chelsi" bilan yashirincha maxfiy shartnoma imzolaganini ma'lum qildi.
London klubi futbolchini yuqori darajadagi o'yinlari uchun yaxshilangan shartnoma bilan taqdirladi.
Mark Kukurelya 27 yoshda. Nufuzli Transfermarkt portali uni 45 million evroga baholamoqda.
