logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Dzyudochilarimiz Abu Dhabi Grand Slam 2025 turniridagi raqiblarini bilib olishdi

 27 NOYABR, 2025, 17:16

Ertaga BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida mukofot jamg'armasi 154 000 evroni tashkil etuvchi "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi nufuzli turnir boshlanadi.

Biroz avval dunyoning 52 davlatidan jami 373 (221 erkak, 152 ayol) nafar dzyudosi ishtirokini tasdiqlagan Abu Dhabi Grand Slam 2025 musobaqasiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi va sportchilar ilk davradagi raqiblarini bilib olishdi. 

Abu Dhabi Grand Slam 2025 turnirida O'zbekiston terma jamoasining 10 nafar dzyudochisi ham medallar hamda jahon reytingi uchun beriladigan ochkolar uchun tatamiga chiqadi. 

Dzyudochilarimiz uchun qura natijalari:

-48 kg: Laziza Haydarova — Amber Gershes (Niderlandiya)

-52 kg: So'g'diyona Rafkatova — Roza Dertyash (Vengriya) 

-52 kg: Muhayyo Ahmatova — Yuna Gerasimova (Rossiya)

-57 kg: SHukurjon Aminova — Ganxuyag Enxjin (Mo'g'uliston) 

+78 kg: Irisxon Qurbonboeva — Ivana Sutalo (Xorvatiya)

+78 kg: Mohlaroyim To'xtamisheva — SHin Jieong (Koreya Respublikasi)


-81 kg: Suhrob Tursunov — Abdul-Kerim Tasuev (Rossiya)

-90 kg: Umar Bozorov — Aram Grigoryan (BAA)/Nemanya Maydov 

+100 kg: Muzaffarbek To'raboev — Seo Dongue (Koreya Respublikasi)

+100 kg: Muhammadqodir Mansurov — Magomedomar Magomedomarov (BAA) 


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ