Vinisius kelajagi bo'yicha o'z pozitsiyasini o'zgartirdi: to'rtta sabab ko'rsatilgan
27 NOYABR, 2025, 16:42
"Real" hujumchisi Vinisius Junior kelajagi borasida pozitsiyasini o'zgartirdi. Shunday qilib, braziliyalik futbolchi shartnomani uzaytirish uchun maosh talabini yumshatdi.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, Vinisius hozirgi 15 evro o'rniga yiliga 30 million evro olishni maqsad qilgandi. Endi esa 25 yoshli futbolchi ancha kichikroq shartlarga rozi bo'lishga tayyor.
Vinisiusning pozitsiyasi to'rtta sababga ko'ra yumshadi: formasining pasayishi, top-klublardan real takliflar yo'qligi, "Real" o'sish va "Oltin to'p"ni qo'lga kiritish uchun eng yaxshi joy ekanini tushunishi va Xabi Alonso bilan keskinlikning pasayishi.
Vinisius Juniorning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo'ljallangan.
