Mbappe: "Alonsoni qo'llab-quvvatlashimiz kerak"
27 NOYABR, 2025, 15:06
Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe Xabi Alonso jamoa bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarilishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.
"Odamlar ko'p gapirishadi. Biz murabbiyimizni qo'llab-quvvatlashimiz kerak. Biz jamoa sifatida birgalikda o'zimizni himoya qilishimiz, murabbiy va uning shtabini himoya qilishimiz kerak", - deya Mbappening so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqich 5-turi doirasida "Real" safarda Gretsiyaning "Olimpiakos" jamoasini mag'lub etdi. Bellashuv 4:3 hisobida yakunlandi. Mbappe poker muallifiga aylandi.
