logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Urazbaxtin: "Birinchi bo'limda juda passiv edik"

 27 NOYABR, 2025, 14:54

Qozog'istonning "Qayrat" klubi bosh murabbiyi Rafael Urazbaxtin Daniyaning "Kopengagen" klubiga qarshi o'yinini sarhisob qildi. Musobaqa umumiy bosqichining 5-turidan o'rin olgan o'yin 3:2 hisobida "Kopengagen"ga g'alaba keltirdi.

"Birinchi bo'limda juda passiv edik - ko'plab yakkakurashlarda mag'lub bo'ldik. Raqib to'pni nazorat qilishda ham, xohishda ham bizdan ustun edi. Tajovuzkorlik, ishtiyoq, jasorat etishmadi", - deya murabbiyning so'zlarini keltiradi Metaratings.

Shuningdek, Urazbaxtin 70-daqiqadan keyingina jamoasi o'zi istagan futbolni o'ynashga muvaffaq bo'lganini ta'kidladi.

Bu o'yindan so'ng "Qayrat" 1 ochko bilan 35-o'rinda bormoqda, "Kopengagen" 4 ochko bilan 29-o'rinda bormoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ