logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:38
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Mbappe Benzemani ortda qoldirdi. Oldida Levandovski, Messi va Ronaldu

 27 NOYABR, 2025, 11:54

"Real"ning frantsiyalik yulduz hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar ligasida navbatdagi xet-trikni ("Olimpiakos"ga qarshi o'yinda poker qayd etdi) rasmiylashtirib, musobaqa tarixida eng ko'p xet-trik qayd etgan futbolchilar reytingida yuqoriladi.

Hozirga qadar Mbappe Chempionlar ligasida 5 marta xet-trik muallifi bo'lgan. Bu ko'rsatkich undan faqat uch nafar futbolchida yuqoriroq.

Chempionlar ligasi tarixida eng ko'p xet-triklar:

Lionel Messi — 8

Krishtianu Ronaldu — 8

Robert Levandovski — 6

Kilian Mbappe — 5

Karim Benzema — 4

E'tiborli jihati shundaki, Mbappe hali 26 yoshda, ya'ni u bu ro'yxatdagi etakchilar ko'rsatkichini yangilash uchun etarlicha vaqt va imkoniyatga ega.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ