logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Aleks Pereyraning keyingi raqibi va jang sanasi bo'yicha malumotlar tarqaldi

 27 NOYABR, 2025, 09:32

Yarim og'ir vazn toifasida UFC'ning braziliyalik amaldagi chempioni Aleks Pereyraning navbatdagi jangi tafsilotlari haqida xabar berildi.

38 yashar sportchi ilk kamar himoya jangini Yangi Zelandiya vakili Karlos Ulbergga qarshi o'tkazishi aytilmoqda.

Jang 2026 yilning 24 yanvar kuni tashkil etiladigan UFC 324 turniri doirasida tashkil etilishi kutilyapti.

Eslatib o'tamiz, Aleks "Poatan" Pereyra so'nggi jangini oktyabr oyida rossiyalik Magomed Ankalaevga qarshi o'tkazib, g'alaba qozongan holda UFC chempionligini qaytarib olgandi. Uning hisobida jami 13 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat bor.

Faoliyati davomida 13 ta jang o'tkazib, 12 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan 35 yoshli Karlos Ulberg esa so'nggi bor sentyabr oyida oktagonga chiqib, Dominik Reyesni enggandi.




Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ