logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:03
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

EChL. Mbappening pokeri "Real"ga Gretsiyada juda qiyin g'alabani keltirdi (videosharh)

 27 NOYABR, 2025, 06:34

"Real" Chempionlar Ligasi umumiy bosqich 5-turidan o'rin olgan bahsda "Olimpiakos"ni safarda mag'lub etdi - 4:3.

Mehmonlar safida Kilian Mbappe poker qayd etdi. Dastlabki uchta golni frantsuz etti daqiqa ichida - 22-daqiqadan 29-daqiqagacha urdi. Vinisius Junior ikkita assistni amalga oshirdi. Mezbonlar safida Chikino, Mehdi Taremi va Ayub El-Kaabi bittadan gol urgan.

"Real" ochkolarini 12taga etkazib, Chempionlar ligasi umumiy turnir jadvalida 5-o'ringa ko'tarilib oldi. Madridliklar navbatdagi o'yinda 10 dekabr kuni "Manchester Siti"ni qabul qiladi.

"Olimpiakos" 2 ochko bilan 33-pog'onada bormoqda. Gretsiya klubi keyingi turda "Qayrat" mehmoni bo'ladi.

EChL. 5-tur

27 noyabr, 01:00

Olimpiakos - Real - 3:4

Gollar: Shikinyu, 8 (1:0). Mbappe, 22 (1:1). Mbappe, 24 (1:2). Mbappe, 29 (1:3). Taremi, 52 (2:3). Mbappe, 60 (2:4). El-Kaabi, 81 (3:4)

Olimpiakos P: Tzolakis, Pirola (Byankon, 62), Retsos, Ortega, Rodiney (Koshtinya, 71), Dani Garsiya (Esse, 46), Muzakitis, Shikinyu (Taremi, 28), Podense (Strefetstsa, 71), Martinsh, El-Kaabi

Real: Lunin, Raul Asensio (Dias, 73), Karreras, Mendi, Aleksandr-Arnold, Tshuameni, Kamavinga (Sebalos, 46), Valverde, Vinisius Junior (Garsiya, 90), Arda Gyuler (Bellingem, 61), Mbappe

Ogohlantirishlar: Ortega, 40 - Kamavinga, 23. Arda Gyuler, 56

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ