"Liverpul" joriy mavsumda allaqachon o'tgan mavsumdagidan ko'proq o'yinda mag'lubiyatga uchradi
27 NOYABR, 2025, 05:12
"Liverpul" allaqachon o'tgan mavsumdagiga qaraganda ko'proq o'yinda mag'lub bo'ldi.
Arne Slot jamoasi bugun Chempionlar Ligasida PSVdan (1:4) yirik hisobda engildi.
Umuman olganda, mersisaydliklar joriy mavsumda o'n marta mag'lub bo'lishdi (jumladan, Angliya Superkubogi o'yinida penaltilar seriyasida). Butun o'tgan mavsum davomida ular to'qqizta mag'lubiyatga uchragandi.
30 noyabr kuni "Liverpul" APL doirasida "Vest Xem m"ga qarshi maydonga tushadi.
