logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

EChL. "PSJ" - "Tottenxem" uchrashuvida 8 ta gol urildi (videosharh)

 27 NOYABR, 2025, 04:34

"PSJ" o'z maydonida Chempionlar Ligasi umumiy bosqich 5-turidan o'rin olgan bahsda "Tottenxem"ni mag'lub etdi - 5:3.

Mezbonlar tarkibida Vitinya xet-trik qayd etdi. Fabian Ruis va Uilyam Pachoning hisobida bittadan gol bor. Mehmonlar hisobida ikkita gol Randal Kolo-Muani tomonidan kiritildi, yana bir golga Risharlison mualliflik qildi.

O'yinga qo'shib berilgan daqiqalarda Frantsiya klubi himoyachisi Lyuka Ernandes qizil kartochka oldi.

Parijliklar o'yin davomida ikki bor hisobda ortda qolayotgandi.

"PSJ" ochkolarini 12 taga etkazib, EChL umumiy turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda. "Tottenxem" 8 ochko bilan 15-pog'onada bormoqda.

EChL. 5-tur

27 noyabr, 01:00

PSJ - Tottenxem - 5:3

Gollar: Risharlison, 35 (0:1). Vitinya, 45 (1:1). Kolo Muani, 50 (1:2). Vitinya, 53 (2:2). Ruis, 59 (3:2). Pacho, 65 (4:2). Kolo Muani, 73 (4:3). Vitinya, 76 - penaltidan (5:3)

PSJ: Shevale, Markinos, Pacho, Nunu Mendesh (Ernandez, 46), Zair-Emeri, Vitinya (Zabarniiy, 90+4), Ruis, Joau Nevesh, Kvaratsxeliya (Ramush, 79), Barkolya (Li Kan In, 56), Ndjantu (Dembele, 79)

Tottenxem Xotspur: Vikario, Grey (Palinya, 76), Romero, van de Ven, Spens (Udodji, 84), Porro, Bergvall (Kudus, 76), Sarr (Simons, 84), Bentankur, Risharlison, Kolo Muani (Odober, 84)

Ogohlantirishlar: Bergvall, 45

Chetlatish: Ernandez, 90

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ