logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Estevao: "Bu faoliyatimdagi eng muhim lahza"

 26 NOYABR, 2025, 13:06

"Chelsi" forvardi Estevao Chempionlar Ligasi doirasidagi "Barselona"ga (3:0) qarshi o'yindagi goli haqida gapirdi.

"His-tuyg'ularimni ta'riflashga so'z topolmayman. Bu haqiqatan ham ajoyib oqshom edi. Shunchaki ishim o'ngidan kelgani uchun Xudoga shukr qilaman. Endi faqat olg'a."

Gol haqida

"Men uchun hammasi juda tez sodir bo'ldi, hatto o'zimga kelishga ham ulgurmadim. Shunchaki bo'sh joy topib, yorib kirdim va gol urdim. Bu faoliyatimdagi o'ziga xos lahza bo'ldi va yana ko'p gol urishga umid qilaman.

Bu, shubhasiz, faoliyatimdagi eng muhim lahza. Umid qilamanki, bundan keyin ham ko'p yillar davomida gol uraman," - dedi Estevao.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ