logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Abduqodir Husanovning «Bayer»ga qarshi o'yini raqamlarda

 26 NOYABR, 2025, 12:30

Kecha, 25 noyabr kuni "Manchester Siti" Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 5-turida o'z maydonida "Bayer"ga imkoniyatni boy berib qo'ydi - 0:2.

Ushbu bahsda "shaharliklar" safida harakat qilayotgan O'zbekiston milliy jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushdi. Gvardiola Husanovni o'ng qanot himoyasiga joylashtirdi va 65-daqiqada uni almashtirdi.

Abduqodir SofaScore tomonidan o'yindagi harakatlari uchun 6.7 ballga loyiq ko'rildi - o'rtacha ko'rsatkich. "Siti" o'yinda eng yuqori ballni zaxiradan maydonga tushgan Rayan Sherki olgan bo'lsa (7.5), eng pas ball Omar Marmushga berildi - 6.2.

Husanovning o'yin davomidagi harakatlari raqamlarda:

To'pni olib qo'yish (muvaffaqiyatli): 3 (1)

Uzatma yo'lini to'sish: 5

To'pni uzoqlashtirish: 1

Zarbani bloklash: 1

To'pni qaytarib olish: 5

Pozitsiya uchun kurash (g'alaba): 5 (3)

Havodagi kurash (g'alaba): 2 (1)

Fol: 0

Driblingda aldanish: 1

Havodan uzatmalar (aniqlik): 2 (0)

Aniq paslar: 63/68 (93%)

Raqib yarim maydonida uzatmalar (aniqlik): 46/52 (88%)

O'z yarim maydonidagi uzatmalar (aniqlik): 15/16 (94%)

Uzun paslar (aniqlik): 3/5 (60%)

To'pga teginish: 82

Dribling (muvaffaqiyatli): 1 (0)

To'pni yo'qotish: 8

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ