"Chelsi" futbolchisi: "Kukurelya Yamalni cho'ntagiga soldi"
26 NOYABR, 2025, 08:48
"Chelsi" darvozaboni Robert Sanches Chempionlar ligasi doirasidagi o'yinda Mark Kukurelya va Lamin Yamal dueli haqida gapirdi. "Ko'klar" o'z uyida "Barselona"ni yirik hisobda mag'lub etdi (3:0), Kukurelya esa kataloniyaliklarning 18 yoshli vingerini zararsizlantira oldi va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Bellashuv yakunlangach, londonliklar darvozaboni "Bugun Kukurelya Yamalni cho'ntagiga solib oldi," - deya ispaniyalikning vatandoshlari qarama-qarshiligi haqidagi so'zlarini keltiradi Fabritsio Romano.
Eslatib o'tamiz, 44-daqiqada Ronald Arauxoning chetlatilishi tufayli "Barselona" bir kishi kam bo'lib qoldi. Urugvaylik futbolchi ikkinchi sariq kartochkani oldi.
