logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Reynders - "Manchester Siti"ning mag'lubiyati haqida: "Eng yaxshi o'yin emas"

 26 NOYABR, 2025, 08:42

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Tijani Reynders Leverkuzenning "Bayer" klubiga qarshi o'yindagi mag'lubiyat (0:2) haqida nima deb o'ylashi haqida gapirdi.

"Shaharliklar" Chempionlar Ligasi umumiy (yoki guruh) bosqichining uy uchrashuvida so'nggi etti yil ichida ilk bor mag'lub bo'ldi. Uchrashuvning 23 va 54-daqiqalarida Alexandro Grimaldo hamda Patrik Shik o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi.

"Biz yaxshi o'ynamadik, garchi ko'plab vaziyatlar yaratgan bo'lsak ham. Jamoamiz o'zini ancha yaxshi ko'rsata olardi. Albatta, "Bayer" ham yomon o'ynamadi, ammo raqib atigi ikkita aniq zarba yo'lladi - ikkalasi ham golga aylandi. O'zimizga bo'lgan ishonchni saqlab qolishimiz va "Lids" bilan bo'lajak o'yinga eng yaxshi tarzda tayyorgarlik ko'rishimiz kerak," - deya Reyndersning so'zlarini keltiradi "Manchester Siti" matbuot xizmati.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ