logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Delap - "Barselona" bilan 3:0 haqida: "Men "Chelsi"ga shunday kechalar uchun kelganman"

 26 NOYABR, 2025, 08:30

"Chelsi" hujumchisi Liam Delap "Barselona"ga (3:0) qarshi o'yindan keyin intervyu berdi. 22 yoshli angliyalik futbolchi uchrashuvning 73-daqiqasida o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi va yakuniy natijani qayd etdi.

"Chelsi" - aql bovar qilmaydigan klub, men bu erga shunday kechalar uchun kelganman. Hafta davomida astoydil ishladik, buning uchun oxir-oqibat mukofot oldik. Biz hammasini uddaladik.

Gap jamoaviy ishda. Murabbiy o'z yordamchilari bilan biz uchun ishlab chiqqan o'yin rejasiga amal qildik. Hamma qattiq mehnat qilib, maydonda o'z kurashlarini yutdi. Biz hammasini to'g'ri qildik," - dedi "ko'klar" forvardi Amazon Prime bilan suhbatda.

"Barselona" darvozasiga kiritilgan gol Liam Delap uchun Chempionlar ligasidagi debyut bo'ldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ