logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Yuventus" 472 kun deganda EChL safar o'yinida g'alabaga erishdi

 26 NOYABR, 2025, 03:48

Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-turidan o'rin olgan bahsda Italiyaning "Yuventus" klubi safarda Norvegiyaning "Budyo-Glimt" klubini 3:2 hisobida mag'lub etdi.

Shu tariqa, "Yuventus" Chempionlar Ligasining joriy mavsumidagi ilk g'alabasini qo'lga kiritib, turnirdagi holatini o'ngladi, shuningdek, Evropaning eng nufuzli klublar o'rtasidagi turnirida uzoq davom etgan g'alabasiz seriyasiga chek qo'ydi.

Gap shundaki, turinliklar so'nggi marta 2024 yil 2 oktyabr kuni "RB Leyptsig"ga qarshi safarda 3:2 hisobida g'alaba qozongan edi. O'shandan buyon roppa-rosa 472 kun o'tdi.

Keyingi turda "Yuventus" o'z maydonida Kiprning "Pafos" klubini qabul qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ