logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:34
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

EChL. "Yuventus" qo'shib berilgan daqiqalardagi gol evaziga "Budyo-Glimt" maydonida g'alabani ilib ketdi

 26 NOYABR, 2025, 03:06

"Yuventus" Chempionlar Ligasi umumiy bosqich 5-turidan o'rin olgan "Budyo-Glimt"ga qarshi o'yinda g'alabani ilib ketdi - 3:2.

Uchrashuvning 27-daqiqasida Norvegiya
jamoasi hujumchisi Ole Didrik Blomberg hisobni ochdi. Ikkinchi bo'lim boshida turinliklar Liu Opendaning goli evaziga javob to'pini kiritishdi. Oradan 11 daqiqa o'tib, Ueston Makkenni mehmonlarni oldinga olib chiqdi. 87-daqiqada Italiya jamoasi darvozasiga penalti belgilandi, uni Sondra Brunstad Fet aniq amalga oshirdi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda Jonatan Devid gol urib, mehmonlarga g'alaba keltirdi.

EChL. 5-tur

26 noyabr, 01:00

Budyo-Glimt - Yuventus - 2:3

Gollar: Blomberg, 27 (1:0). Openda, 48 (1:1). Makkenni, 59 (1:2). Fet, 87 - penaltidan (2:2). Devid, 90 (2:3)

Budyo-Glimt: Xaykin, Bertuft, Aleesami (Moe, 61), Berkan, Sevold, Berg, Fet, Even (Xauge, 77), Blomberg (Yergensen, 77), Myayattya (Euklenn, 61), Xeg (Xelmersen, 87)

Yuventus: Perin, Kelli, Kopmeyners, Kalyulyu, Lokatelli, Adjich (Kenan Yiildiiz, 46), Kambyaso (Kabal, 75), Makkenni, Konseysau (Jegrova, 83), Miretti (Tyuram, 68), Openda (Devid, 75)

Ogohlantirishlar: Kelli, 39. Miretti, 50. Kabal, 84. Makkenni, 90

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ