logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:48
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

EChL. "Barselona" Londonda tor-mor etildi

 26 NOYABR, 2025, 03:00

"Chelsi" Chempionlar Ligasi umumiy bosqich 5-turidan o'rin olgan "Barselona"ga qarshi bahsda yirik hisobda g'alaba qozondi - 3:0. O'yin Londondagi "Stemford Bridj" stadionida bo'lib o'tdi.

27-daqiqada mezbonlar Jyul Kundening avtogolidan so'ng oldinga o'tib oldi. 55-daqiqada Estevao londonliklarning ustunligini oshirdi, 73-daqiqada esa Liam Delap hisobni yirik ko'rinishga olib keldi.

Uchrashuvning 24-daqiqasida Entso Fernandes tomonidan urilgan gol o'yindan tashqari holat tufayli VAR ko'rsatmasidan keyin bekor qilindi.

Kataloniyaliklar safida Ronald Arauxo birinchi bo'limda ikki bor sariq kartochka olganidan so'ng maydondan chetlatildi.

"Chelsi" ochkolarini 10taga etkazib, Chempionlar ligasi umumiy turnir jadvalida to'rtinchi o'ringa ko'tarilib oldi. "Barselona" 7 ochko bilan 15-pog'onaga tushib ketdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ