EChL. Mourinoning "Benfika"si "Ayaks" maydonida zafar quchdi
26 NOYABR, 2025, 02:06
"Benfika" Chempionlar Ligasi umumiy bosqich 5-turida "Ayaks" mehmoni bo'lib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi.
Uchrashuvning 6-daqiqasida Samuel Dal hisobni ochdi. 90-daqiqada Leandro Barreyro mehmonlarning ikkinchi goliga mualliflik qildi.
"Benfika" Chempionlar ligasining joriy mavsumidagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi. Joze Mourino jamoasi ochkolarini 3 taga etkazib, 28-o'ringa ko'tarilib oldi. EChLning navbatdagi turida "Benfika" 10 dekabr kuni o'z maydonida "Napoli"ga qarshi bahs olib boradi.
"Ayaks" qatorasiga beshinchi mag'lubiyatni qabul qilib oldi. Amsterdam klubi 0 ochko bilan turnir jadvalini yakunlamoqda. Jamoa keyingi turda 10 dekabr kuni "Qorabog'" mehmoni bo'ladi.
EChL. Umumiy bosqich. 5-tur
25 noyabr, 22:45, «Johan Cruyff Arena» (Amsterdam)
Ayaks - Benfika - 0:2
Gollar: Dal, 6 (0:1). Barreyru, 90 (0:2)
Ayaks: Yarosh, Bas, Shutalo, Vayndal (Mokio, 60), Reger (Moro, 83), Itakura, Teylor, Klassen (Glux, 74), Godts (Fitts-Djim, 74), Bunida (Dolberg, 74), Vegxorst
Benfika: Trubin, Silva, Otamendi, Dal, Dedich, Barrenechea, Rios, Barreyru (Regu, 90+3), Sudakov (Arauju, 81), Eursnes, Pavlidis (Manu Silva, 90+2)
Ogohlantirishlar: Vegxorst, 69 - Dal, 74
