Diego Maradonasiz 5 yil...
25 NOYABR, 2025, 21:06
Bundan roppa-rosa 5 yil muqaddam, 2020 yilning 25 noyabr kuni Argentina va jahon futboli afsonasi Diego Maradona hayotdan ko'z yumdi. Maradona 60 yoshda edi.
Diego Maradona futbolchi sifatida "Argentinos Juniors", "Bora Xuniors", "Barcelona", "Napoli", "Sevilya" kabi jamoalarda o'ynagan. Maradona ko'plab unvonlarni qo'lga kiritgan, jumladan, 1986 yilda Argentina terma jamoasi bilan jahon chempioni bo'lgan.
Diego Maradona o'z ijrosi bilan millionlab insonlarni ilhomlantirdi. Argentinalik futbolchi XX asrning eng yaxshi futbolchilaridan biri hisoblanadi.
